FRANK

FRANK (frans. franc) — 1) Fransiya pul birligi. 1799-y. dan livra oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 F. = 100 santim. Xalqaro ifodasi FRF. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 F. = 91 soʻm 32 tiyin (2002, fev).

2) Belgiya pul birligi. 1 F. = 100 santim. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 45,68 Frank ; 10 Frank = 148 soʻm 49 tiyin (2002, fev.). 2002-y. 1 yanv. dan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarda yagona pul birligi — yevro muomalaga kiritilishi bilan Fransiya va Belgiya Frank lari 2002-y. 30-iyundan muomaladan toʻxtatildi.

3) Shveysariya pul birligi. 1 F. = =100 santim. Xalqaro ifodasi SNGʻ. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 Shveysariya Franki = 705 soʻm 19 tiyin (2003, fev.).

Shuningdek, Benin, BurkinaFaso, Burundi, Gabon, Gvineya, Kamerun, Kongo, Litxenshteyn, Lyuksemburg, Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi, Monako, Mali, Niger, Ruanda, Senegal, Togo, Chad va b. mamlakatlar pul birligi ham Frank deb ataladi. Bu mamlakatlarda 1 F. = 100 santim.