FOTON

FOTON (yun. photos — yorugʻlik) — elementar zarra, elektromagnit nurlanish (tor maʼnoda — yorugʻlik) kvanti; F. ning tinchlikdagi massasi /ya?=0, shuning uchun tezligi faqat yorugʻlik tezligi s=3108 m/s ga teng. Fotonning spini (h birliklarida) 1 ga teng, shuning uchun bozonlar guruhiga kiradi va Boze — Eynshteyn statistikasiga boʻysunadi. Foton elektromagnit va gravitatsion oʻzaro taʼsirlarda qatnashadi, barcha elementar zarralar b-n oʻzaro taʼsirlashadi. Energiyalari 100 keV dan katta boʻlgan Fotonlar, odatda, ukvantlar deb ataladi. Atom yadrosining elektrostatik maydonida energiyasi > 1 MeV boʻlgan ukvantlar elektron va pozitronga (elektronpozitron juftning tugʻilish jarayoni) aylanishi mumkin, elektron hamda pozitron toʻqnashganida ikkita (yoki uchta) ukvantga annigilyatsiyalanishi mumkin. Fotonning nurlanish klassik nazariyasi Maksvell tenglamasiga, Foton larning oʻzaro taʼsir etish kvant nazariyasi kvant elektrodinamikasita asoslangan. Fotonlar manbalari boʻlib yorugʻlik manbalari, ukvantlar manbalari boʻlib radiaktiv izotoplar xizmat qiladi.