FOTODIOD

FOTODIOD (foto… va…diod) optik nurlanish taʼsirida bir tomonlama fotooʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan yarimoʻtkazgichli diod; fotoelektronika vositasi. Fotodiod elektronkovak (r—p) oʻtishli yarimutkazgichli kristalldan iborat. Unda ikkita metall chiqish (biri r, ikkinchisi p sohadan) boʻlib, metall yoki plastmassali himoya korpusiga oʻrnatilgan. r—p oʻtishli Fotodiodda yorugʻlik elektronkovak oʻtishga darcha orkali tushadi. Bunda qoʻshimcha elektron va kovaklar soni hosil boʻladi. Fotodiod ikki ish rejimida ishlaydi: fotodiod rejimida Fotodiod tashki zanjirida r—p oʻtishdan hosil boʻladigan oʻzgarmas tok mavjud, ventil rejimida bunday tok boʻlmaydi. Fotodiodning integral sezgirligi — 20 mkA/ lm, inersionligi <10 ne. Fotodiod fotodiod rejimida fotorezistorpek Fotodiod zanjirdagi elektr tokini boshkarishda, ventil rejimida esa fotoelementga oʻxshash foto elektr yurituvchi kuch generatori sifatida, tasvirlarni uzatishda nurlanish detektori sifatida, optik axborotlarni qabul qilish, oʻlchash texnikasi va b. da qoʻllaniladi.