FOSFORIT UNI — fosforli oʻgʻit, fosforitlardan kukun holida ishlab chiqariladi, tuproq nordonligini pasaytiradi, suvda erimaydi. Tarkibida oʻsimliklar qiyin oʻzlashtiradigan va SaSO3, CaJ2 aralashgan Sa3(RO4)2 shaklidagi 19—30% R2O5 bor. Nordon, botqoqi, qumlokli tuproqlarda qoʻllaniladi (bir necha yil taʼsir qiladi). Tuproqsagi kislota, mikroorganizmlar faoliyati, oʻsimliklar ildizi ajratadigan moddalar taʼsirida Fosforit uni tarkibidagi fosfor oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan (SaN2RO4)2N2O shakliga oʻtadi. Fosforit unini koʻpgina ekinlar uchun qoʻllash mumkin. Dukkakli ekinlarga yaxshi taʼsir qiladi.