FOSFORESSENSIYA

FOSFORESSENSIYA — uygʻotish tugagandan keyin xam ancha davom etadigan lyuminessensiya. Fosforessensiya bir necha sekund, minut, soat, oy va hatto yil davom etishi mumkin. Kristallofosforlarning Fosforessensiyasi uygʻotish vaqtida ajraladigan elektronlar va kovaklarning rekombinatsiyasi vaqtida sodir boʻladi. Nurlanishning choʻzilishi elektronlar va kovaklarning turli «qopqon»larga ilinishi bilan bogʻliq. Ular faqat «qopqon» chuqurligidan katta boʻlgan qoʻshimcha energiya olibgina bu «qopqon»lardan ozod boʻlishi mumkin. Murakkab organik molekulalarning Fosforessensiyasi ularning metastabil (oraliq) holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Organik molekulalar Fosforessensiya sining ravshanligi, odatda, vaqt boʻyicha eksponensial qonun boʻyicha kamayadi. Kristallofosforlar Fosforessensiyasi ravshanligining soʻnish qrnuni murakkab. Kristallofosforlar trasining ortishi, odatda, Fosforessensiyaning soʻnishini tezlatadi (yana q. Fluoressensiya).