FOSFOR

FOSFOR (yun. phosphoros — yoruglik tashuvchi, phos — yoruglik va phoro — tashiyman, lot. Phosphorus) , P — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, at. m. 30,97376. F. ning 1 ta izotopi — 31R bor. 6 ta sunʼiy radioaktiv izotopi: 2SP, 29R. 30R, 32R, 33R, 34R olingan. Uning 32R (T1/2= 14,22 kun) izotopi nishonli atom sifatida keng qoʻllanadi.

Fosforni 12-a. da arab alkimyogari A. Bexil (Bashir) siydikdan ajratib olgan. Gamburglik alkimyogar X,Brand siydikni bugʻlatishdan hosil boʻlgan qoldiqni koʻmir ishtirokida quruq xaydash bilan oq Fosfor olgan (1669). Fosforni ilk bor Lavuazye kimyoviy element deb atagan. K. Sheyele 1771-y. da Fosforni suyak kulidan olgan.

F. Yer poʻstining massa jihatdan 8102% ini tashkil qiladi. Fosfor faol element, tabiatda fosforitlar va apatitlar tarkibida uchraydi. Fosforning 3 ta allotropik shakl oʻzgarishi: oq, qizil va qora Fosfor maʼlum. O q F. R4 tarkibli tetraedr shakldagi molekulalar hosil qiladi. Uning suyuqlanish trasi 44°, zichligi 1,83 g/sm3, qaynash trasi 281°; u suvda, spirtda oz, uglerod (1U)sulfid, benzol, efir, skipidar va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Oq F. kimyoviy reaksiyalarga yaxshi kirishadi. 50° da havoda oʻzoʻzidan alangalanadi. Qizdirilganda hatto platina bilan ham birikadi. Juda zaharli, 0,1 grami odamni oʻldiradi. Oq F. suvda saklanadi. U berk idishda 260° gacha qizdirilganda qizil Fosforga aylanadi. Qizil Fosfor (qora Fosfor ham) yuqori polimer modda. Suyuqlanish trasi 590°, zichligi 2,3 g/sm3, Qizil Fosfor qizdirilganda suyuqlanmasdan bugʻlanib ketadi, uglerod (1U)sulfidda erimaydi: havoda 260° da alangalanadi, zaharli emas. Qora Fosforning tuzilishi va koʻrinishi grafitga oʻxshaydi (q. Uglerod). U. F. ning eng barqaror shaklidir. Zichligi 2,7 g/sm3, 490° da alangalanadi. Uglerod (1U)sulfidda erimaydi; elektr tokini oʻtkazadi (oq Fosfor va qizil Fosfor elektr tokini oʻtkazmaydi). Qora Fosfor oq Fosforga yuqori bosim taʼsir ettirish yoki uni 270° da uzok, qizdirish natijasida hosil boʻladi.

Fosfor faol metallmaslar jumlasiga kiradi. Uning oksidlanish darajalari +5, +3, +1,0 va —3 ga teng. Yuqori trada (1000° dan yuqorida) Fosfor bugʻlari, asosan, R2 molekulalaridan iborat. Quyi trada Fosfor bugʻlari tetraedr shaklidagi R4 molekulalaridan tuzilgan. Fosforning —3 oksidlanish darajadagi birikmasi RN3 — juda zaxarli gaz. F. ning +3 ga muvofiq oksidi R4O6 tarkibli dimer molekulalardan, +5 ga muvofiq oksidi R4O|0 molekulalardan tuzilgan. Fosforning bu oksidlariga muvofiq keladigan kislotalari N,RO3 — ortofosfit kislota, NRO2 — metafosfit kislota, N3RO4 — ortofosfat kislota, NRO3 — metafosfat kislota, N4R2O7 — pirofosfat kislota. Ortofosfat kislota kuchi oʻrtacha kislotalar jumlasiga kiradi, u 3 asosli.

Apatitlar ortofosfat kislotaning kalsiyli tuzidir.

Apatit va fosforitlar Fosfor olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ularni elektr pechda 1400—1600° da koks b-n qaytarib erkii Fosfor hosil qilinadi. Kalsiy oksidni shlakka oʻtkazish uchun SiO2 koʻshiladi. Hosil boʻlgan Fosfor bugʻlari suvda oq Fosfor shaklida kondensatlanadi.

Fosfor harbiy maqsadlarda, gugurt sanoatida, metallurgiyada, fosforli bronzalar hosil qilishda qoʻllanadi. Ishlab chiqariladigan Fosforning asosiy qismi termik fosfat kislota va fosforli oʻgʻitlar tayyorlash uchun ketadi. Texnik Fosforning deyarli yarmi sintetik yuvuvchi vositalar tayyorlash uchun sarflanadi. Fosfor (U) oksid R4O|0 qurituvchi vosita sifatida, metilmetakrilat smolalar olishda kullanadi. Fosfor sulfidlari flotatsion vositalar, antikorrozion qoʻshimchalar, fosfororganik birikmalar sintezida ishlatiladi.

Fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol oʻynaydi. Fosfor mono, diva trifosfat guruhlar — N2RO3 , N3R2 O7 va N4R3 Oyu tarzida fermentlarning faol guruhlari tarkibiga kiradi. Biologik sistemalarda (xujayralar mitoxondriyalarida) adenozintrifosfat kislota (ATF) mavjud boʻlib, u organizmga energiya zaxirasini berib turadi, chunki ATF gidrolizga uchraganda adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfatlar qosil boʻlib, bu jarayon energiya ajralib chiqishi bilan sodir boʻladi. Organizm hujayralarida elektronlar ozuqa moddalardan havo kmslorodiga koʻchadi. Bu jarayon vaqtida ADF va fosfatlardan ATF hosil boʻladi. Suyakda Fosfor gidroksid apatit (ZSaRO4)2Sa(ON), va karbonat apatit (ZSaRO4)2SaSO3N2O shaklida mavjud. Oʻsimliklar F. ni tuprokdan fosfatlar holida oʻzlashtiradi. Oʻsimlik va hayvon organizmlarida Fosfor turli organik modsalar hosil qiladi.

Ad.: Parpiyev N. A., Rahimov H. R., Muftaxov A. G., Anorganik kimyo, T., 2003; Kasыmova S. S, Biogennыye elementы, T., 1990.

Stalina Qosimova.