FOSFATLAR

FOSFATLAR, tabiiy fosfatlar — minerallar sinfi, tarkibi nihoyatda xilma-xil boʻlgan ortofosfat kislotasi tuzlari N3RO4. 230 ga yaqin mineraldan tarkib topgan; oʻrtacha tuzlar (mas, ksenotim Y[PO4], monatsit) kam. Orolli va qatlamli strukturaga ega. Fosfatlar, asosan, ikki yoki undan ortiq kationlarning [Sa2+, Gʻye2+, Gʻye3+, Al3+, (UO2)2+, Cu2+, Mn2+, Pb2+, Zn2+ va b. ], qoʻshimcha anionlarning (ON^, S1~, Gʻ~, O2, SO2) yoki molekulyar suvning murakkab birikmasidan iborat. Baʼzi Fosfatlar monetit SaNRO4 tipidagi nordon tuzlardan tashkil topgan. Fosfatlar yaxlit donador agregatlar, tuproqsimon massalar, oolitlar, konkretsiyalar, baʼzan qirralangan kristallar koʻrinishida uchraydi. Rangi turli xilda boʻladi. Qattikligi 2 dan 5—6 gacha, zichligi 1,7—7,1 g/sm3. F., asosan, togʻ jinslarida tarqalgan; eng koʻp tarqalgan va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan apatit guruhi (F. ning ham tarkibiy qismi boʻlgan) minerallari, vivianit (Gʻye2+, Gʻye3+) [RO4] 8N2O, monatsit, ksenotim, ambligonit LiAl[PO4] • (Gʻ, ON), torbernit, otenit, feruza va b. F., asosan, Yer poʻstining yuqori qismi — dengiz va koʻl tublari, botqoqliklar, nurash poʻsti, koʻpgina rudali konlarning oksidlanish zonasida hosil boʻladi. Fosfatlar magmatik kelib chiqishga ega (apatit, monatsit, ksenotim) hamda gidrotermal tomirlarda aksessor mineral sifatida uchraydi. Fosfatlardan fosfat rudalari (apatit va fosforit) sifatida foydalaniladi. Baʼzi Fosfatlar dan: vivianit — arzon koʻk boʻyoq va mahalliy fosfor oʻgʻiti, monatsit — toriy va noyob yer elementlari, ambligonit — litiy rudasi, feruza — zargarlik toshi sifatida foydalaniladi.