FOSFAMID

FOSFAMID, bi58 rogor (S5N,2 NO, PS2) — sirtdan va singib taʼsir etuvchi insektitsid va akaritsid. 40% li emulgirlanuvchi kukun holida ishlab chiqariladi. Oʻsimlikxoʻr kanalar, shira, tripe hamda barg kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda koʻllaniladi. Taʼsir qilish muddati 10—15 kun. Sarf meʼyori 1,5—2,5 kg/ga. Beda va b. ekinlarda Fosfamidning 1,5% li superfosfat bilan donador aralashmasi ekish bilan birga solinadi. Oʻrgimchakkana, shira, kuzgi tunlam qurtlariga qarshi qoʻllaniladi. Sarf meʼyori 50—70 kg/ga. Zahari oʻrtacha.