FORTUERT

FORTUERT — AQSH jan. dagi shahar. Dallas sh. dan 60 km gʻarbda, Texas shtatida. Aholisi 534,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Q. x. rayonining muhim savdomoliya markazi. Mashinasozlikning yirik markazi. Aviatsiya, avtomobilsozlik, radioelektronika sanoati korxonalari bor. Neft sanoati uchun jihozlar, muzlatkichlar, tibbiyot asbobuskunalari ishlab chiqariladi. Metallsozlik, oziq-ovqat, kimyofarmatsevtika, polifafiya sanoati korxonalari ishlab turibdi. Unt bor. Shaharga 1849-y. da asos solingan.