FOLKSVAGEN AG

«FOLKSVAGEN AG» («Volkswagen AG») — nemis avtomobil konserni. Yengil, yuk tashiydigan avtomobillar va kichik avtobuslar ishlab chiqaradi. Bosh boshqaruv idorasi va asosiy korxonalari Velfsburg sh. da joylashgan. Asoschisi mashxur nemis konstruktori (jahonga maʼlum «Porsche AG» avtomobil kompaniyasi asoschisi) Ferdinand Porshe, 1934-y. Germaniyaning milliy — sotsialist xukumatidan zamonaviy yengil avtomobil i. ch. boʻyicha buyurtma olgan. 1937-y. da «Folksvagen», yaʼni «xalq avtomobili» degan nom olgan yengil avtomobillarni ishlab chiqargan. 2-jahon urushidan keyin 1945-y. ning kuzidan Velfsburg sh. dagi z-dda avtomobillarni i. ch. yoʻlga qoʻyildi va shu yili Angliya hukumati 20 ming dona avtomobil i. ch. ga buyurtma berdi. 1949-y. dan boshlab kabriolet va limuzin toifasidagi yangi modellar ishlab chiqarila boshlandi. 1953-y. Braziliyada, 1956-y. JAR da, 1957-y. Avstraliyada, 1964-y. Meksikada va b. mamlakatlarda filiallar tashkil etildi.

«Folksvagen ag» dunyoning 15 ta mamlakatida oʻzining z-dlari boʻlgan, beshta savdo markasi bilan (Volkswagen, Audi, Skoda, Seat, Rolle—Roys) avtomobillar ishlab chiqaradigan, sotuv hajmi boʻyicha jahonda yetakchi konsern hisoblanadi. «Folksvagen ag» tarkibiga «Volkswagen AG», «Audi AG», «Seat C. A.», «Shkoda automobilova», «Folksvagen — Saksoniya Gmbx» firmalari kiradi.

Sadir Salimov.