FOZILOV Ergash Ismoilovich (1933.10.3, Yangiyoʻl sh.) — tilshunosturkiyshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), filol. fanlari dri (1967), prof. (1976). Moskva un-ti filol. f-tini va ayni paytda shu un-t qoshidagi Sharq tillari intini tugatgan (1957). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida kichik va katta ilmiy xodim (196068), tarixiyetimologik lugʻatlar boʻlimi mudiri (1968 — 82), ayni paytda direktor oʻrinbosari (1974—82), Berlin unti sharq tillari fti prof. (1982—86), Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi (1987—89), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (1990—92). Fozilovning ilmiy ishlari turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tilining shakllanish tarixi, taraqqiyot yoʻllari, eski oʻzbek tili grammatikasi, leksikasi tadqiqiga, 14 — 15-a. yozma yodgorliklarini oʻrganishga bagishlangan. Fozilov 4 jidsli «Alisher Navoiy asarlari tilining izoxli lugʻati» (1983 — 85) tuzuvchilaridan biri.
As: Oʻzbek tilining tarixiy morfologiyasi, T., 1966; Eski oʻzbek tili. 14asr Xorazm yodnomalari, 13 j. lar, T., 1996, 1971, 1973; Xoʻjandiy. Latofatnoma, T., 1976.