FOVIZM

FOVIZM (frans. fauvisme, fauve — yovvoyi) — 20-a. boshlarida fransuz rangtasvirida hukm surgan avangard badiiy oqim. Parijda 1905-y. da ochilgan kuzgi salon koʻrgazmasida namoyish etilgan asarlar mualliflari (rassomlar A. Matiss, A. Deren, A. Marke, J. Brak va b.)ga zamonaviy tanqidchilar tomonidan kinoya tarzida berilgan nom. F. asarlari bevosita naturani, borliqni kuzatish asosida yaratiladi, 19-a. anʼanaviy sanʼatidan oʻzining rangdorligi, hayotiy voqealarni erkin talqin etishi va shakl buzilishlariga yoʻl qoʻyishi bilan ajralib turadi. Rassomlar asarlarida primitiv sanʼat, oʻrta asr va sharq sanʼati uslublaridan ham foydalanib, yangi estetik tuygʻularni berishga harakat qildi. Ijodkorning uncha murakkab boʻlmagan histuygʻularini ifodalashda buyum hajmi, kenglik, havo perspektivasi kabilar yorqin bezak rang gammasi, joʻshqin rang surtmalari va b. tomonidan siqib chiqarildi.