FOBIYALAR — bemor miyasiga oʻrnashib qolgan qoʻrquv, vahima; kishi ruhiyatining buzilish holati. Koʻpchilik ruhiy kasalliklar (mas, shizofreniya) da boshlangʻich belgi, nevrozlar hamda psixasteniyanmnt asosiy belgisi hisoblanadi. Qoʻrquv va vahima hissi bemor sezgi hamda xattiharakatlarida koʻrinadi. Fobiyalar mazmuni jihatidan turlicha boʻladi. Agarofobiyada kishi yakka oʻzi koʻcha va maydonlarni kesib oʻtishdan choʻchiydi. Ayxmofobiya — pichoq, qaychi, toʻgʻnogʻich va b. oʻtkir asboblardan (xuddi tanasiga qadaladiganidek) qoʻrqish; nozofobiya — ayrim tuzalmaydigan kasallikka chalinish yoki uni yuqtirishdan qoʻrqish (sifolofobiya — zaxmdan, kanserofobiya — rakdan); tanatofobiya — oʻlimdan vahimalanish; klaustobiya — odam gavjum joylar va transportda yurishdan qoʻrqish; monofobiya — yolgizlikdan, yakka qolishdan vahimaga tushish; ereytofobiya — qizarib ketish, uyalish va h. k. F. da bemor doim koʻngli gʻash, parishonxotir boʻlib, tushkunlikka tushadi, koʻpincha qoʻrquv taʼsirida oʻzini himoya qilayotgandek bemaʼni xattiharakatlar (mas, kasallik yuqmasligi uchun oʻzini haddan ziyod ozoda tutish, vaqtbevaqt qoʻl yuvaverish va b.)ga odatlanadi. Qattiq charchash, qoʻrqish, ruhiy iztirob va b. natijasida sogʻlom kishilarda ham baʼzan vaqtinchalik Fobiyalar kuzatiladi, lekin bu holat salbiy omillar yoʻqolganidan keyin oʻtib ketadi.