FLORISTIKA (flora soʻzidan) — botanikaning bir boʻlimi. Yer yuzidagi yoki uning bir qismidagi oʻsimlik turlari majmuini oʻrganadi. Floristika maʼlumotlaridan oʻsimlik turlari yoki b. taksonomik guruhlar areallarini anikdashda foydalaniladi, Floristika botanikaning sistematika, geobotanika, paleobotanika va b. boʻlimlari bilan chambarchas bogʻlangan (yana q. Flora).