FLORA (yangi lot. fl ora, lot. Flora — gullar va bahor xudosi; lot. fl os — urug, fl oris — gul) — oʻsimliklarning muayyan hududda tarixan tarkib topgan taksonlari majmui. Flora muayyan geografik joyga taalluqli boʻlib, uning hoz. tabiiy sharoiti, oʻtmishi bilan bogʻliq va u yer yuzidagi boshqa Flora bilan ozmikoʻpmi munosabatda boʻladi. Bu jihatdan Flora muayyan hududdagi oʻsimliklar jamoasidan (oʻsimliklar qoplamidan) farq qiladi. «Flora» tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklar taksonlarini oʻz ichiga oladi. Tuban va b. yuksak oʻsimlik turlari majmui, odatda, maʼlum sistematik birliklar bilan belgilanadi (mas, «sporali oʻsimliklar F. si», «suvoʻtlar F. si» va b.). Florasi oʻrganilayotgan material qajmi maʼlum darajada ixtiyoriy boʻlib, tanlangan joyga bogʻliq (mas, Oʻzbekiston F. si, Kavkaz F. si, Zarafshon F. si va h. k.). Har bir Florani bilish uning tur, turkum oila va b. ni aniklashga, yaʼni Flora inventarizatsiyasiga asoslangan. Inventarizatsiyaning barcha turlari maʼlum belgilariga koʻra F. elementlariga ajratiladi. Jumladan, geografik elementlar oʻzining geografik tarqalishiga koʻra oʻxshash, genetik elementlar esa geofafik kelib chikishi va joylashish tarixiga koʻra yaqin turlarni birlashtiradi. Flora yoshini tahlil kilish uning progressiv (kelib chiqish, joylashish vaqtiga binoan yoshi), konservativ va relikt elementlarni aniklashga imkon beradi. Har qaysi Floraning muhim belgisi uning sistematik strukturasi, yaʼni Flora tarkibida turli sistematik guruxdarning birlashishidan iborat.
Biror hududdagi oʻsimliklar sistematik tarkibini yorituvchi yirik asarlar ham, odatda, «Flora» deb nomlanadi. Koʻpincha Floraga mazkur xududda keng tarqalgan madaniy oʻsimliklar ham kiritiladi, lekin botanika bogʻlari, oranjereyalarda oʻstiriladigan oʻsimliklar kiritilmaydi. Oʻsimliklar tushunchasi oʻrniga Flora tushunchasining ishlatilishi notoʻgʻri.