FILETIK EVOLYUTSIYA

FILETIK EVOLYUTSIYA — organizm guruhlaridagi xarakatlantiruvchi tabiiy tanlanish taʼsirida keyingi avlod individlarining progressiv moslanishidan iborat evolyutsiyasi. «Filetik evolyutsiya» termini amerikalik paleontolog J. Simpson tomonidan taklif etilgan (1944). Filetik evolyutsiyada mazkur turning genofondi bir butun holda divergensiyasiz oʻzgaradi. Filetik evolyutsiyaga otlar evolyutsiyasi misol boʻladi.