FIKOMITSETLAR

FIKOMITSETLAR (Phycomicetes) — tuban zamburugʻlar sinfi. Koʻp yadroli, bir xujayrali yaxshi rivojlangan mitseliyga ega. 800 turi bor. Gametalar yordamida jinsiy, sporalar yordamida jinssiz koʻpayadi. Fikomitsetlar omitsetl ar va zigomitsetlar sinflari (oldingi sistemada kenja sinflari)ga boʻlinadi. Koʻpchilik Fikomitsetlarning tana tuzilishi va koʻpayish organlari yashil suvoʻtlarga oʻxshab ketadi. Bu oʻxshashlik faqat tashqi koʻrinishda namoyon boʻladi. Fikomitsetlarning ajdodlari arximitsetsimonlaranr. Baʼzi mikologlar arximitsetsimonlarni Fikomitsetlar bilan bir sinfga birlashtirishadi. Fikomitsetlarning koʻp turlari saprofit, suvda yashaydi; yuksak tuzilganlari esa tuproq yuzida yashashga moslashgan, baʼzi turlari oʻsimlik, hayvon va odamlarda parazitlik qiladi.