FIBRIN (lot. fi bra — tola) — erimaydigan oqsil; qon ivishi jarayonida fibrinogensan hosil boʻladi. Fibrin silliq yoki koʻndalang chiziqli tolalar shaklida boʻladi; F. tolalari polimerlanib, qon oqishini toʻxtatadigan tromb asosini hosil qiladi. Fibrin hosil boʻlishi 3 bosqichdan iborat:
1) fibrinogendan trombin taʼsirida ikkita A va B peptidi ajralib, disulfid bogʻlari bilan bogʻlangan ikkita subbirlikdan iborat fibrinmonomer hosil boʻladi;
2) fibrinmonomer fibrinagregatga (quyqaga) aylanadi;
3) fibrinagregat fibrinoligaza fermenti taʼsirida fibrinpolimerga aylanadi. Qon tomirlar shikastlanganda Fibrin qalin toʻr hosil qilib, qonni toʻxtatadi. Tozalanib quritilgan qon quyqasidan Fibrin olinadi. Fibrindan qon oqishini toʻxtatuvchi vositalar tayyorlanadi.