FIAT

«FIAT» (FIAT; Fabrica Italiana Automobili Torino) — Italiyadagi eng yirik avtomobil korporatsiyasi. Yengil, sport, yuk avtomobillari, sanoat (metro poyezdlari, vagonlar) va q. x. texnikalari ishlab chiqaradi, shuningdek, aerokosmik mahsulotlar ishlab chikaradigan korxonalari ham bor. Uning bosh idorasi Turin sh. da. Korporatsiya 1899-yili bir guruh sarmoyachilar tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, ular orasida Javanni Anyelli ham boʻlgan. J. Anyellilar sulolasi hozirgacha «Fiat»ga rahbarlik qilib keladi. 1899-y. korporatsiyada «Reno» kompaniyasining litsenziyasi bilan «Reno» avtomobillari yigʻila boshlagan. 1912-y. dan boshlab, «Fiat» rusumli avtomobillarni keng seriyada i. ch yoʻlga qoʻyiddi. 1909-y. AQSHda «Fiat»ning «Poughkeepsie» z-di ishga tushirildi. 1936—2002-y. larda «Fiat» korporatsiyasida yengil avtomobillarning oʻnlab yangi modellari yaratildi. 1966-y. sobiq Sovet davlati «Fiat» bilan shartnoma tuzib, 1967—71 y. larda Tolyati sh. da SSSRda eng yirik Volga avtomobil z-dining 1navbati qurilishini amalga oshirdi (yillik quvvati 220 ming avtomobil) va «FIAT — 124» (VAZ — 2101 «Jiguli») modelini keng miqyosda i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Bu avtomobillar Oʻzbekistonda ham keng tarqaddi.

AQSH, Polsha, Braziliyada korxonalari bor. 2002-y. da bankrotlikka uchragan FERRARI va LANCA, ALFA ROMEO kompaniyalarini sotib olgan.

Sadir Salimov.