FYON

FYON (lot. favonius — iliq gʻarbiy shamol) — togʻli oʻlkalarda togʻlardan vodiylarga, yuqrridan pastga tomon esuvchi ilik, va quruq kuchli shamol. F. togʻ tizmasini oshib, pastga tushayotganda adiabatik jarayon sababli isib kuriydi, baʼzan qor koʻchkilariga sabab boʻladi. Oʻzbekistonda Chirchiq va Fargʻona vodiylarida koʻp kuzatiladi. Fyon qisqa muddat, sutkadan kam, baʼzan 5 sutka davom etishi mumkin. Ekinlarga garmsel kabi taʼsir koʻrsatadi. Fyonning zararli taʼsirini kamaytirish uchun ixota daraxtzorlari barpo etiladi.