FESSAN

FESSAN (Fezzan) — Liviyadagi tarixiy viloyat. 7-a. gacha mahalliy qabilalar mustaqilliklarini saklab qolganlar. 7-a. dan arablar qoʻl ostida. 16-a. dan Usmonli turk imperiyasi tarkibida; 1911 —12 y. lardagi Italiya — Turkiya urushidan soʻng Italiyaning Liviya mustamlakasiga kirgan (aholining qattiq qarshiligi natijasida italyan qoʻshinlari Fessanni faqat 1930 i. egallashgan). 1943-y. fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan (1956-y. u yerdan chiqarilgan). 1951 — 63 y. larda Liviya qirolligida 3 viloyatdan biri.