FERUZ

FERUZ, Muhammad Rahimxon II (1845 Xiva 1910) Xiva xoni (1864—1910); shoir va bastakor. Koʻngʻirotlar sulolasidan. Xiva sh. dagi Arab Muhammadxon madrasasiaa tahsil koʻrgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim Doiy, Yusufxoʻja oxun va b. dan oʻrgangan. Ogahiy F. ga ustozlik qilgan, unga sheʼriyat sirlarini urgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan soʻng (1864) Xiva taxtiga oʻtirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy Feruzga bagʻishlab qasidalar bitgan. 1873-y. Xiva xonligiga K. P. fon Kaufman boshchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy shaharlari va poytaxtni bosib olgan. Gandimiyon shartnomasi (1873-y. 12 avg.)ga koʻra, Xiva xonligi podsho Rossiyasiga qaram boʻlib qolgan. Feruz ana shunday murakkab sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boshqargan. Feruz saroyga adabiyot va sanʼat arboblarini toʻplagan. Ogaqiy, Komil, Tabibiy va b. taʼsirida oʻzi ham Feruz (baxtli, gʻolib) taxallusi b-n sheʼrlar yozgan.

Feruz kitobat ishlariga katta ahamiyat bergan: devon tuzish, tarix yozish, tarjima ishlarini rivojlantirgan. Xorazmda tarjima maktabi yaratgan. Fors va arab adabiyotining eng nodir tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildirgan. Uning hukmronligi davrida Ogahiy va Bayoʻniyl&r tomonidan Xorazm tarixiga oid asarlar yozilgan. Komil Xorazmiy mumtoz maqomlar uchun nota yozuvini ixtiro qilgan. Xivada bosmaxona (toshbosma) tashkil ettirgan. Unda Xorazm shoirlari haqidagi «Majmuat ushshuaro» tazkirasi, Alisher Navoiy asarlari, Xorazm shoirlari devonlari nashr qilingan. F. Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga chet ellardan noyob kitoblar keltirtirgan va ularni koʻp nusxalarda koʻchirtirgan, tarix va adabiyotga oid kitoblardan iborat boy kutubxona yaratgan. Feruz meʼmorlik, naqqoshlik, xattotlik kabi sanʼat turlarini ham rivojlantirgan. Bu davrda fotografiya va kino sanʼati vujudga kelgan, obodonchilik ishlari amalga oshirilgan. Feruz 1871-y. Kyxira Ark karshisida oʻz nomi bilan ataluvchi 2 qavatli Madrasa qurdirgan (q. Muhammad Rahimxon madrasasi). F. ning bevosita raxbarligi va tashabbusi bilan 30 dan ortiq Madrasa, masjid, minora, xonaqolar qad rostlagan. Feruz yerlarni suv bilan taʼminlash, bogʻrogʻlar barpo etish ishiga ham alohida ahamiyat bergan. Uning buyrugiga muvofiq, Qoʻngʻirot tumani sarhadida katta ariq bunyod etilgan. Hozirda ushbu ariq «Xon arigi» deb ataladi.

Feruz mumtoz sheʼriyatning anʼanaviy janrlarida lirik sheʼrlar yaratgan. Sheʼrlari, asosan, ishqmuhabbat mavzuida. I neon va hayot, sevgi va sadokat Feruz ijodining gʻoyaviy asosini tashkil qiladi. Ular ohangdorligi, tasviriyifodaviy boʻyoqlarga boyligi va shaklan rangbarangligi bilan ajralib turadi. Uning koʻpchilik gʻazallari oʻz zamonasida sozandalar va guyandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelingan. Sheʼrlariga «Devoni Feruz» nomi bilan tartib bergan (1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta kuchirilgan (1900). Feruzning uzi Paxlavon Mahmudning 350 ruboiysini qoʻlda kuchirib, kitob holiga keltirgan. Feruz Shashmaqom kuylarini oʻrgangan, saroyda maqom ansamblini tuzgan. «Navo», «Dugoh», «Segoh» maqomlariga bogʻlab kuylar yaratgan. F. Sayd Mahruyjon majmuasitsati Sayid Mohi Ruyi Jahon maqbarasida dafn qilingan. Sheʼrlar devoni nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. № 3442, 1119)da saklanadi.

As: Elga shohu Haqqa qul, T., 1997.

Ad. Davlatyor Rahim, Shixnazar Matrasul , Shohva shoir qismati, T., 1993. Habib Abdunazar, Ibrohim Karimov.