FENOLFTALEIN, 4,4Dioksiftalofenon, S20N|4O4 — hidsiz, taʼmsiz, rangsiz kristall modda. Mol. m. 318,33. Suyuqlanish trasi 259—263°. Suvda oz, spirtda yaxshi eriydi. Fenolni ftal angidrid bilan kondensatlab olinadi. Fenolftalein trifenilmetan boʻyagichlar guruhiga kiradi. Analitik kimyoda kislota va ishqorlarni titrlashda indikator sifatida qoʻllanadi. Tibbiyotda surgi dori sifatida ishlatiladi. Surunkali ich qotishda tarkibida 0,1g Fenolftalein boʻlgan tabletkalar (purgen) buyuriladi.