FELLINI

FELLINI Federiko (1920.20.1, Rimini — 1993) — Italiya kinorejissyori. 1937-y. dan Florensiya, keyinroq Rimda jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, sugʻurta agenti, vitrina bezovchi, karikaturachirassom, reportyor ham boʻlgan. 1942-y. dan tijorat uchun ishlangan komediya va melodramalarga ssenariy yozgan. R. Rosselinining «Rim—ochiq shahar», «Payza» filmlari yaratilishida qatnashgan. Neorealizm anʼanalaridan foydalangan holda oʻzining yorqin kinematografik uslubini yaratdi («Oq shayx», «Onasining bolalari», «Yoʻl», «Shirin hayot» va b.). «Sakkiz yarim» nomli yangi yoʻnalishdagi filmida real obrazlar oqimini qahramonlarning subyektiv qarashlari bilan birlashtirdi. «Rim», «Amarkor», «Orkestr repetitsiyasi», «Intervyu», «Oyning ovozi» kabi filmlari Italiyaning tarixiy taqdiri, milliy mintalitet masalalariga bagʻishlandi. Fellini ijodiga bagʻishlangan «Chao, Federiko» filmi ishlangan (rej. G. Baxman, 1969).