FEDERATLAR

FEDERATLAR (lot. foederati, foedus — ittifoq) — 1) Rim imperiyasi chegaralarida harbiy xizmatni oʻtovchi varvar qabilalari; yashash uchun chegara hududidan yer, maosh olishgan;

2) 18-a. oxiridagi Fransiya inqilobi davrida inqilobni himoya qilish uchun Parijga yoʻl olgan koʻngillilar; Z) Fransiyada «Yuz kun» davrida Napoleonga qarshi, koalitsiya kuchlariga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan koʻngilli otryadlar katnashchilari;

4) 1871-y. dagi Parij Kommunasini himoya qilgan Millim gvardiya jangchilari.