FAUNA

FAUNA (lot. fauna — oʻrmon va dalalar xudosi, rim mifologiyasida hayvonlar podasi qomiysi) — muayyan hududda yoki akvatoriyada yashovchi xayvon turlari majmui. Fauna hayvonlarning turli guruhidan tashkil topgan boʻlib, biror xudud faunistik kompleksining tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga keladi. Tundra, tayga, oʻrmon, dasht, yarim choʻl, choʻl, pantropik va b. faunistik komplekslar bor. Muayyan Faunani tashkil etgan faunistik komplekslar mikdori turlicha boʻlishi mumkin. Har bir hududning oʻz avtoxtonlari va immigrantlari bor. Fauna tarkibini oʻrganish natijasida undagi turlar boyligi aniqlanadi. Shunga koʻra, butun Yer shari yoki uning ayrim hududlari faunistik rnlashtiriladi. Fanda Fauna turli sistematik kategoriyalardagi (mas, biror hududdagi qushlar F. si, qoʻngʻizlar F. si va h. k.), maʼlum davrga oid (mas, miotsen davri Faunasi va b.) yoki maʼlum geologik qatlamga mansub hayvonlarni ifodalash uchun «Fauna» terminidan foydalaniladi. Hayvonot dunyosining sistematik tarkibi toʻgʻrisidagi yirik asarlar ham «Fauna» deb ataladi (mas, Oʻzbekiston F. si va b.).