FARGʻONA VILOYAT DAVLAT RUS DRAMA TEATRI

FARGʻONA VILOYAT DAVLAT RUS DRAMA TEATRI — Oʻzbekistondagi yirik teatrlardan biri. Dastlab, yosh tomoshabinlar teatri sifatida tashkil qilinib (1934), 1938-y. drama teatriga aylantirilgan. «Chapayev», «Ikki boyga bir malay», «Revizor» singari dastlabki spektakllarning sahnalashtirilishida teatrning birinchi badiiy rahbari va rej. i G. D. Abdulov (1970-y. gacha ishlagan)ning xizmati katta . V. Shchukareva, T. Shlyapnikova, F. Gorniy, S. Malsev, A. Cherkasov, N. Ribakov va b. teatrning dastlabki aktyorlari, bosh rassomi A. N. Uzlov teatr shakllanishi, uning keyingi ravnaqi, mustahkam mavqega ega boʻlishiga munosib hissa qoʻshdilar.

2-jahon urushi davrida teatr truppasi Qoʻqon sh. ga koʻchiriladi. 1956-y. rus teatri yana oʻz binosiga qaytadi. Teatr repertuarini koʻproq mumtoz va oʻzbek yozuvchilari asarlari asosida yaratilgan spektakllarga karatadi. «Bir stakan suv» (O. E. Skrib), «Soʻna» (E. Voynich), «Palata» (S. Alyoshin), «Farhod va Shirin» (Xurshid), «Irkutsk vokeasi» (A. Arbuzov), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Hayot qoʻshigʻi» (Uygʻun), «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla), «Shohsanam» (xalq dostoni) va b. shular jumlasidan.

Teatr spektakl yaratishda epikqahramonlik, maishiypsixologik drama, komediyalar, oʻtkir satirik, lirik pyesalarga alohida eʼtibor bergan. «Sershovqin joy», «Puchina», «Quturgan pullar» (A. Ostrovskiy), «Zulmat hukmronligi» (L. Tolstoy), «Jalalar oraligʻida» (A. Shteyn), «Biz keldik» (V. Yernev), «Qishloq komediyasi» (M. Varfolomeyev), «Retro» (A. Galin), «Riyokor tutqunligi» (M. Bulgakov) kabilar bunga misoldir.

Mustakillikdan keyin teatr hayoti qayta oʻzgarishlarga boy boʻldi. Teatr qoshida aktyorlik studiyasi ochildi. Teatr jamoasi yangi aktyorlar bilan toʻldirildi. Yosh aktyorlar mahoratini oshirish maqsadida chetdan respublikaning tanikli rej. lari (mas, V. Umarov, M. Abdullayeva va b.) taklif etildi. Teatr ijodkorlari ijod qilish va tomoshabinlarga xizmat koʻrsatishning yangi shakllarini izlamoqda, sahnaga zamonning dolzarb muammolarini olib chiqishi bilan bir qatorda mumtoz, tarixiy asarlarga ham keng oʻrin berilmokda. «Gʻirashiradagi oʻyin» (V. Bagramov), «Hushiga kelmay gurib» (K. Novak), «Shaytonlik» (N. Gogol, «Sorochinsk yarmarkasi» asari asosida), «AlManzori uzuklari» (sharq ertaklaridan), «Amakimning tushi» (F. Dostoyevskiy), «Kyodjin gʻovgʻalari» (K. Goldoni), «Fargona farzandi» (Y. Sulaymon, alFargʻoniy hayoti haqida) va b. soʻnggi yillar mahsulidir. K. Novak, H. Saidov, L. Safkova, O. Shokirova, O. Bugayev, L. Akromov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari — Husan Saidov, bosh rassom — N. Kamenskiy.