FARADEY EFFEKTI

FARADEY EFFEKTI — magnitooptika effektlaridan biri. Doimiy magnit maydon chiziklari boʻylab moddada tarqalayotgan yassi qutblangan elektromagnit nurlanish (mas, yorugʻlik) qutblanish tekisligining burilishidan iborat. 1845-y. da M. Faradey kashf etgan. Faradey effekti moddada magnit maydon chiziqlari boʻylab tarqalayotgan oʻng va chap doiraviy qutblangan elektromagnit toʻlqinlarning fazaviy tezligi birbiridan farkli boʻlishi bilan tushuntiriladi. Yassi qutblangan toʻlqinni oʻng va chap doiraviy qutblangan toʻlqinlar yigindisidan iborat deb qarash mumkin. Qutblanish tekisligining burilish burchagi 6 magnit maydon kuchlanganligi N va yorugʻlikning magnit maydonda oʻtgan yoʻli / ga proporsional: v=U1N, bunda V — moddaning xossalari, trasi va nurlanishning toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻlgan proporsionallik koeffitsiyenti boʻlib, Verde doimiysi deb ataladi. Faradey effekti barcha elektromagnit toʻlkinlar uchun oʻrinli boʻlib, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.