FARADA

FARADA — Xalkaro birliklar tizimi SI da elektr sigʻim birligi. Qisqacha F bilan belgilanadi. Oʻtkazgichdan 1 kulon elektr zaryad miqdori oʻtganda uning potensialы 1 voltga ortsa, oʻtkazgichning elektr sigʻimi 1 F ga teng boʻladi (mas, radiusi 9Yu9 m ga teng, yaʼni Yer radiusidan 1500-marta katta radiusli shar sigʻimi). Shuning uchun amalda Faradaning ulushlari mikrofarad (1 mkF=10~6F) va pikofarad (pF=10»|2F) ishlatiladi. Ingliz fizigi M. Faradey sharafiga qoʻyilgan.