FANDI QOʻLTIGʻI

FANDI QOʻLTIGʻI — Atlantika okeanining Shim. Amerika qirgʻoklaridagi qoʻltiq. Men qoʻltigʻining shim. qismi. Uz. 300 km, eni 90 km, chuqurligi kiraverish qismida 208 m. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi. Dunyo okeanining eng baland koʻtariladigan qismi, bal. 18 m gacha yetadi. Eng katta porti — SentJon.