FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya Fanga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va b. kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta asrda Sharq olimlari Fanga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saklash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda Fanni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi Fan sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-a.) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan «Devonu lugʻotit turk»ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-a.) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-a.). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12a. boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va b. ning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R. Bekon, T. Gobbs, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, R. Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi Fanlarni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo egalladi.
Yangi davr deb ataluvchi zamonda Fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-a. larda klassik fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I. Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-a. larda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va b. ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F. i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.
Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-a. oxiri) tufayli Fanning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-a. da fizikada yangi Fanlar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi, biol. da evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat. da yangi konsepsiyalar rivojlandi (J. Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch. Darvin, T. Shvann, M. Shleyden va b.). Geom. sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom. lar ham borligi N. Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM. Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-a. da ham katta yutuklar qoʻlga kiritildi, texnika F. larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. Fan va texnikaning yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo Fan laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqoʻrganishga imkon berdi, bu hol q. x. va tibbiyot F. larining rivojlanishiga olib keldi. Fanning i. ch. bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi Fanlar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Fan tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy Fanlar, gumanitar F. lar, texnika Fan lari va ijtimoiy Fan lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil Fan sohalari ajraladi. Mustaqil Fanlar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu muammo texnika Fanlari, Yer toʻgrisidagi Fanlar, biol„ mat., tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qoʻllaniladi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hoz. davr Fani uchun muhim vazifalardan biridir.
Hoz. davrda Fan jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda Fan alohida oʻrin tutmoqda.
Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda Fanning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, Fan imiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy Fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, un-tlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustah. kam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi Fan larimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, q. x., paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.
Omonulla Fayzullayev.