FALSET (lot. falso — soxta soʻzidan) — erkak ovozining eng yuqori registri. Tovushlar bosh chanogʻi rezonatori yordamida chiqariladi. Tembrida qoʻshimcha tovush (oberton)lar kamligi bilan asosiy registrlardan farq qiladi (nomi shundan).