FAYZULLAYEV

FAYZULLAYEV Ibrohim (1933.25.8, Denov tumani Qayirma qishlogʻi) — q. x. ishlab chiqarishi tashkilotchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan q. x. xodimi (1993), usta paxtakor. Samarkand qishloq xoʻjaligi in-ti agronomiya f-tini tugatgan (1969). Denov tumanidagi general Sobir Rahimov nomidagi jamoa xoʻjaligida kzchi va hisobchi (1949—53). 1955-y. dan shu xoʻjalikda bosh zootexnik, entomolog agronom (1960—65), bosh agronom (1965—70), Surxondaryo viloyati q. x. boshqarmasida boʻlim boshligʻi, bosh agronom (1970—71), Denov tumani q. x. mahsulotlarini tayyorlash va sifati boʻyicha davlat bosh inspektori (1971—83). 1983-y. dan shu tumandagi general Sobir Rahimov nomli jamoa xoʻjaligi (2001-y. dan shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi raisi, Fayzullayev rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikadagi ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biri boʻlib, paxta, gʻalla, pilla yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishib kelmoqda. Xoʻjalik hududini obodonlashtirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1990—95).