FAYZ XOLDING KOMPANIYASI

«FAYZ» XOLDING KOMPANIYASI — Oʻzbekiston Respublikasida mebel sanoatining yirik kompaniyasi. Toshkent sh. da joylashgan. 1997-y. da «Mahalliy sanoat» korporatsiyasining bir nechta korxonalari negizida tashkil etilgan. Bosh korxonasi — oshxona mebellari va b. mebellar ishlab chikaradigan mebel z-di (1979) negizida tashkil etilgan «Fayz» qoʻshma korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyati. Tarkibida 30 korxona va tashkilotlar, shu jumladan, 10 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi qoʻshma korxona bor. Kompaniya ustav kapitalida chet ellik investorlar ulushi 67% ni tashkil etadi. Kompaniya korxonalarida yumshoq va ofis mebellari, oshxona mebellari, yotoqxona toʻplamlari, maktablar va oʻquv yurtlari, bolalar sporti, mehmonxonalar uchun turli mebellar ishlab chiqariladi. Madaniyat, sogʻliqni saklash muassasalarini, maʼmuriy binolarni jiqozlash uchun maxsus mebellarni i. ch. oʻzlashtirilgan, shuningdek, porolon, gugurt va b. mahsulotlar xam ishlab chiqariladi. Kompaniya korxonalari ilgʻor xorijiy texnologiyalar bilan jihozlangan. Kompaniyada Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan laminatsiyalangan DSP taxtalari ishlab chiqaradigan korxona faoliyat koʻrsatadi. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi (2000-y. da 300 ming, 2003-y. da 1,15 mln., 2004-y. da 1,16 mln. AQSH dollari qiymatidagi mebel va laminatsiyalangan taxtalar eksport qilindi). 2003-y. da kompaniya korxonalarida 8,1 mlrd. sumlik sanoat mahsulotlari, 5,9 mlrd. soʻmlik isteʼmol tovarlari va 5,3 mlrd. soʻmlik mebel ishlab chikarildi.

Mukarram Azimova.