FAYZ

FAYZ, Ahmad Fayz (1911.13.2, Siyolkat — 1984.27.11) — Pokiston shoiri, tanqidchi va jamoat arbobi. Siyolkat (1917—29) va Loxur (192934) kollejlarida tahsil olgan. 1972-y. dan Pokiston sanʼati milliy kengashining raisi. «Pakistan tayme» («Pakistan», 1947—51; 1955—58), «Imroz» («Imros», 1948—51; 1955—58) gaz. larida bosh muharrir. 1950-y. da Jahon tinchlik kengashining aʼzoligiga saylangan va shu yili «Ravalpindi fitnasi» ishtirokchisi sifatida ayblanib, qamoqqa olingan. 1955-y. da ozod qilingan. Urdu va panjob tillarida ijod qilgan. Fayz lirikasida insoniy histuygʻular, chuqur falsafiy mushohadalar hamda siyosiy masalalar muhim oʻrin tutadi. U sheʼriyatning gʻazal, qasida, marsiya va b. janrlarida ijod qilgan. Fayz «Gʻamginlar» (1941), «Shamol qoʻli» (1952), «Zindonnoma» (1957), «Tosh ostida qolgan qoʻl» (1963), «Sinay vodiysi» (1971) sheʼriy toʻplamlari, qamoqdan yozilgan xatlardan iborat «Panjarali tuynuk» (1971) kitobi va b. asarlar muallifi. Dexlida oʻtgan Osiyo yozuvchilari 1konferensiyasi (1956), Osiyo va Afrika yozuvchilarining Toshkent (1958) hamda Olmaota (1973) konferensiyalari qatnashchisi. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. «Nilufar» mukofoti laureati (1975).