FAYOZOVA

FAYOZOVA Omina (1917.5.1, Buxoro 1993.12.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1973). Moskva davlat konservatoriyasi krshidagi Oʻzbek opera studiyasida oʻqigan (1934—35). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1961). Buxoro teatrida (1932—34), Yosh tomoshabinlar teatrida (1935—39), 1939-y. dan Muqimiyteatrida ishlagan. «Halima» (Gʻ. Zafariy) spektaklidagi oʻgʻil bola roli uning sahnadagi ilk obrazidir. Keyinchalik «Halima»da Halima, «Arshin mol olon» (U. Hojibekov)da Gulchehra, «Paranji sirlari» (Hamza)da Guljon, «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla)da Yulduz, «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin va T. Jalilov)da Oqqiz, «Momo yer» (Ch. Aytmatov)da Toʻlgʻanoy, «Togʻ goʻzali» (S. Saidmurodov va A. Muhammedov)da Idimoh, «Qaynona» (M. Shamxalov)da Qaynona, «Onasining qizi» (Shuxrat) da Hojar, «Maysaraning ishi» (Hamza) da Oyxon, Maysara, «Farhod va Shirin» (Xurshid)da Yosuman kabi obrazlarni yaratdi. Plastik ifodaviylik, soʻzlarni donadona ishlatish, ayniqsa, oʻtkir hajv va yumor vositalaridan foydalanish, oʻtkir ijtimoiy xarakterlar yaratish Fayozova ijodiga xos xususiyatlardir. «Nurxon» (K. Yashin va T. Jalilov)dagi Xalcha obrazi aktrisa ijodida alohida oʻrin tutadi. «Qaynona» televizion spektaklidagi Qaynona roli unga katta shuxrat keltirdi. Fayozova filmlar («Chinor ostidagi duel» va b.)da ham suratga tushgan. «Tabassum» radiojurnali va televizion miniatyuralar teatrining faol ishtirokchisi boʻlgan. «Yer qimirlaganda», «Qaynona bilan kelin», «Erka kampir» kabi kichik kulki xikoyalarning muallifi. U 1947-y. dan dublyaj sanʼati bilan shugʻullanib, koʻp kinofilmlarda ovoz bergan.