UCHAR BALIQ

UCHAR BALIQ (lot. Volans) — osmonning Jan. yarim sharida joylashgan uncha katta boʻlmagan yulduz turkumi. Rassom va Kil yulduz turkumlari orasida joylashgan; eng ravshan yulduzlari 3 —4 yulduz kattalikda koʻrinadi. Oʻzbekiston hududida koʻrinmaydi.