UAYT

UAYT (Watt) Jeyms (1736.19.1, Grinok, Shotlandiya — 1819.19.8, Xitfild, Angliya) — ingliz ixtirochisi, universal bugʻ mashinasi yaratuvchisi; London Qirollik jamiyati aʼzosi (1875). Ikki yoqlama ishlaydigan bugʻ mashinasini ixtiro qilgan (1774—84); bunda markazdan qochma rostlagichni, silindr shtokidan balansirga parallelogramm yordamida qarakat uzatishni qoʻllagan va 1784-y. da patent olgan. Uayt yaratgan mashina mahsulotlarni mashina yordamida i. ch. ga oʻtishda katta rol oʻynagan.