UAYTSPIRIT

UAYTSPIRIT (ing. white oq, rangsiz va spirit — spirt, benzin) — erituvchi benzin, suyuq uglevodorodlar aralashmasi. Qaynash t-rasi 165 — 200° (98%), zichligi 795 kg/m3, uchuvchanligi 3—4,5. U. s. kimyoviy barqaror boʻlishi, saklanganda rangi va tarkibi oʻzgarmasligi, tarkibida eruvchan kislotalar, ishkrrlar, suv va mexanik aralashmalar boʻlmasligi kerak. Uaytspirit neftni haydab olinadi, lok-boʻyoq sanoatida erituvchi sifatida qoʻllanadi.