UXTA

UXTA — Komi Respublikasidagi shahar (1943-y. dan). Uxta daryosi va uning irmogʻi Chibyu boʻyida. T. y. stansiyasi. Aholisi 103 ming kishi (2002). 1931-y. da barpo qilingan. Neftgaz va neftni qayta ishlash sanoati markazi. Yetakchi korxonasi — neftni qayta ishlash z-di; mexanika va taʼmirlashmexanika va boshqa z-dlari; mebel f-kasi, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bir necha ilmiy tadqiqot intlari, industriya inti mavjud.