USPENSKIY Fyodor Mixaylovich

USPENSKIY Fyodor Mixaylovich (1902.8.2, Kostroma gubernyasi, Berisyachka qishlogʻi — 1984.15.5, Toshkent) — entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), q. x. fanlari dri. Leningrad amaliy zoologiya va fitopatologiya in-tini tugatgan (1929). Samarqand oʻlka va Xorazm okrug, Namangan viloyati oʻsimliklarni himoya qilish st-yalari va tayanch punktlarida yoʻriqchi (1929 — 38), SoyuzNIXI oʻsimliklarni himoya qilish st-yasida katta ilmiy xodim (J938—44), lab. mudiri (1945—58), Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish in-tida lab. mudiri (1958—62), direktor oʻrinbosari (1962—69), katta ilmiy xodimmaslahatchi (1970—84). Ilmiy ishlari oddiy turkiston oʻrgimchakkanasi biologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Uspenskiy ishtirokida bu hasharotga qarshi kurash tadbirlari tizimi yaratilgan; ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash va kimyoviy ishlov berish muddatlarini aniklash usullari ishlab chiqilgan.

As: Obыknovennыy pautinnыy kleщ oroshayemыx rayonov Sredney Azii, T., 1960; Pautinnыy kleщ biotsenoza xlopkovыx poley i sistema priyomov integrirovannoy borbы s glavneyshimi vreditelyami xlopchatnika v Uzbekistane, T., 1970.