URUGʻ

URUGʻ, avlod (lot. genus) (zoologi ya da) — turdan yuqori taksonomik kategoriya, filogenetik jihatdan oʻzaro qarindosh turlarni birlashtiradi. Mas, boʻrilarning oʻzaro oʻxshash turlari (boʻri, chiyaboʻri, koyot, it va b.) boʻrilar Urugʻ iga; tulkilarning oddiy tulki, korsak, afgʻon tulkisi va b. turlari tulkshshr Urugʻga birlashtiriladi. Bitta Urugʻga bitta yoki bir nechtadan bir necha yuztagacha tur kirishi mumkin. Mas, yenotsimonlar urugʻi, bitta tur yenotsimon it, ayrim hasharotlar urugʻi mingga yaqin turdan iborat. Odatda, koʻp turga ega boʻlgan Urugʻ kenja Urugʻga ajratiladi. Yaqin urugʻlar bitta oilaga (q. Oila) birlashtiriladi. Lekin Urugʻ b-n oila oʻrtasida yana kenja oila (oiladan kichik taksonomik kategoriya) ham boʻlishi mumkin.

Botanikada Urugʻ tushunchasiga moye keladigan taksonomik kategoriya turkum deb ataladi.