UNSIYA (lot. uncia — un…) —1) oltin va b. nodir qimmatbaho metallarning asosiy vazn birligi (troyya yoki tanga U. si) = 31,1035 g;
2) ing. ulchov tizimida massa birligi. 1 U. = 16 draxma = 437,5 gran=28,35 g;
3) dorixonada ishlatiladigan ogʻirlik birligi, hoz. vaqtda qoʻllanilmaydi;
4) suyuqlik U. si hajm (sigʻim) birligi. AQSHda 29,57 sm3 (1/128 gallon), Buyuk Britaniyada — 28,41 sm3.