UNITAR KORXONA

UNITAR KORXONA — mulk egasi tomonidan oʻziga birkitib berilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti kurinishidagi davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralari korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi krnunlariga kura, davlat hokimiyati organi yoki mahalliy boshqaruv tomonidan tashkil etiladigan xujalik yuritish huquqi ga asoslangan Unitar korxona vaoperativ boshqarish huquqiga asoslangan davlat mulki bulgan Unitar korxonalar bor. U. k. oʻz majburiyatlari buyicha uziga tegishli jami molmulki b-n javob beradi, lekin molmulki egasi majburiyatlari buyicha javobgar emas. Oʻzbekiston Respublikasida 90-y. lar oxiridan sanoat, transport tarmoklarida Unitar korxonalar tashkil topa boshladi (mas, Muborak gazni qayta ishlash zavodi 2000-y. 25-maydan Unitar korxona maqomida faoliyat kursatadi).