UMARXOʻJAYEV

UMARXOʻJAYEV Muhammad (1910.5.1 — Toshkent — 1984) — Oʻzbekiston xalq artisti (1968). 1931—80 y. lar Hamza teatrida aktyor. Turdivoy (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Tixon (A. Ostrovskiy, «Momaqaldiroq»), Doj (U. Shekspir, «Otello»), Saidobid (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugbek»), Zokir (A. Muxtor, «Samandar») kabi rollari bilan tanilgan. Qahramon xarakterini boʻrttirib gavdalantirish, ularni koʻtarinki, joʻshqin ifodalash Umarxoʻjayev ijodiga xos.