UMAROV

UMAROV Akrom (18991956) samarqandlik ganchkor usta, meʼmor. Hunarni otasi usta Umar va Abduqodir muhandis (Abduqodir Boqiyev)dan oʻrgangan. 1928-y. dan Samarqanddagi meʼmoriy obidalarni tiklash bilan shugʻullangan; Sherdor Madrasa (devori va peshtogʻi), Tillakori va Ulugʻbek madrasalarining minoralarini tiklashda qatnashgan; Shohizinda ansamblidagi Qoʻshgumbaz maqbarasi, Amir Temur maqbarasi poygumbazi va gumbazi ustini koshinlar bilan toʻliq qoplagan. Buxoro va Shahrisabzdagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda qatnashgan.