ULCHLAR

ULCHLAR, olchlar (oʻzlarini nani, aynan — odamlar deb ataydilar) — Xabarovsk oʻlkasida (RF) yashovchi xalq. 3,2 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Ulch tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. Oʻtmishda Ulchlarda animizm, shamanizm keng tarqalgan. Ulchlarning etnogenezida taygadagi tunguslar, qad. tub joy aholi va b. etnik qatlamlar ishtirok etgan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — baliq ovlash.