ULTRAQISQA TOʻLQINLAR

ULTRAQISQA TOʻLQINLAR — toʻlqin uz. 1 mm (chastotasi 310 Gs) dan 10 m (chastotasi 3Yu7 Gs) gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. U. t. nurlatkich qurilma (antenna) sining ixcham va kichik burchak boʻylab yoʻnaltirilgan xillarini yaratish mumkin. Bunday antennalarning kuchaytirishi katta boʻlganligi tufayli ularning samaradorligi ham yuqori boʻladi. Ultraqisqa toʻlqinlar radioeshittirish va televizion koʻrsatuvlarni keng chastota diapazonida olib borishga imkon beradi.