ULUGʻSHOʻRKOʻL

ULUGʻSHOʻRKOʻL, Ullishoʻrkoʻl, Shoʻrkoʻl — Xorazm viloyati jan. dagi koʻl. Xiva sh. dan 14 km janubisharkda va Chigʻirchi qishlogʻidan 6 km janubda joylashgan. Koʻlningjan. qismi Turkmaniston hududiga kirib borgan. 86 m balandlikda, havzasi mayd. 14,8 km2. Koʻl shim. dan janubga choʻzilgan (uz. 16 km). Shim. qismida eni 4 km gacha. Ozyorniy kollektor suvlari va shim. qismidagi dalalarni yuvishdan oqib keladigan tashlama suvlardan toʻyinadi. Suvi shoʻr. Rekreatsiya ahamiyati bor. Xorazm baliqchilik xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi.