ULUGʻBEK MADRASASI

ULUGʻBEK MADRASASI — Gʻijduvon (Buxoro viloyati)dagi meʼmoriy yodgorlik (1433). Ulugʻbek Samarkand va Buxoroda qurdirgan madrasalardan eng kichik va soddarogʻi. Madrasa bir qavatli, murabba tarxli (33×30 m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtogʻi chuqur ravokdi. Oʻrtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8X4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy toʻridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15×13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra boʻlib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulugʻbek madrasasining bosh tarzi (15-a.), unga tutashgan ayvon va minora saklangan. 1933-y. da V. Shishkin, V. Nilsen va I. Notkinlar oʻlchamlarini aniqlagan. Bosh tarzida Ulugʻbek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning gʻarbida shayx Abduxoliq Gʻijduvoniy qabri joylashgan. Gʻijduvoniyning 890-yilligi (1993) munosabati bilan Ulugʻbek madrasasi taʼmirlangan. Bosh tarzi peshtogʻi yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi xujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. Gʻijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yogʻoch oʻymakori gumbaz bilan yopilgan, ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklashsh. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga moye qilib obodonlashtirildi.